Maqolalarga qo'yiladigan talablar
«Jamiyat va boshqaruv» jurnaliga ilmiy tadqiqot faoliyatining davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, jamiyat boshqaruvining taʼsirchanligini oshirish, kadrlar siyosatining samaradorligini yuksaltirish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar bilan bog‘liq masalalar yoritilgan maqolalar qabul qilinadi.
Maqolalar mazmuni:
- ilmiy va amaliy nuqtai nazardan dolzarb;
- mavzu yoki uning ochib berilishi yangi;
- fundamental ishlab chiqilgan;
- xulosalar asoslangan;
- aniq va ravon bayon etilgan bo‘lishi lozim.
Tahririyatga taqdim etiladigan materiallar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
- Maqolaning matni Microsoft Word 2003 versiyasida tayyorlanishi.
- Shrift – Times New Roman, 14 shrift kegeli (hajmi) bo‘lishi.
- Satrlar orasidagi masofa 1,5 interval bo‘lishi.
- Maqolaning tuzilishi quyidagicha bo‘lishi kerak: annotatsiya 50 ta so‘zgacha, kalit so‘zlar (o‘zbek, rus, ingliz tillarida 10 tagacha), kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar.
- Diagramma, rasm va jadvallar faqat oq/qora yoxud kulrangda bo‘lishi shart.
- Iqtiboslar OAKning adabiyotlarga qo‘yilgan talablari bo‘yicha berilishi kerak.
- Maqolaning umumiy hajmi 8 betdan 15 betgacha, A4 formatida beriladi.
- Maqola nomi, muallif(lar)ning ism-sharifi, ish joyi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) berilishi, mobil telefon, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi kerak.
- Maqolalarni elektron pochta orqali ham yuborish mumkin.
Elektron pochta manzili: jurnal95@dba.uz
Murojaat uchun telefon: +998 71 232 60 76
Tahririyatga taqdim etilgan maqolalarning chop etilishi yoki chop etilmasligi haqidagi qarorni Tahrir hayʼati qabul qiladi.
Jurnal yuqoridagi talablarga javob bermaydigan qo‘lyozmalarni qaytarish huquqiga ega.