Maqolada mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlari vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, viloyatdan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlariga o‘tkazishni nazarda tutgan holda, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomar-kazlashtirish islohotlarining mazmun-mohiyati, maʼmuriy nomarkazlashtirish to‘g‘risidagi turli ilmiy yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, davlat boshqaruvini demokratlashti-rishda markaziy hamda mahalliy davlat bosh-qaruvi organlari vakolatlari taqsimlanishi zarurati va huquqiy asoslari ochib berilgan. Shuningdek, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlari vakolatlari chegaralari O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Ko‘shma Shtatlari tajribasi asosida tahlil etilib, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliya-tini samarali tashkil etishga oid takliflar ishlab chiqilgan.
Davlatimiz rahbari tomonidan bir necha bor taʼkidlanganidek, "har bir davlat organining, har bir davlat amaldorining samaradorligi vo natijadorligi uning faoliyatidan aholining roziligi bilan o‘lchanadi” vo bu mezon to‘laligicha davlat siyosati va boshqaruvi tizimi qon tomirlariga singdirilmoqda. Mahalla obodligi va xalq farovonligini taʼminlash samarali davlat boshqaruvi tizimining asosiy indikatoriga aylanmoqda. "Samarali davlat" konsepsiyasi davlat xizmatchilaridan innovatsiyalarga ochiqlikni, yangi g‘oyalar va imkoniyatlarni boshqaruv tizimida ko‘llay olishni, ilg‘or davlatlar va o‘z tajribamizdan ham o‘rganishga tayyorlikni talab qiladi.